date
views 1 997

“Arsenal”dan 230 millionlik yozgi hujum

“Arsenal”dan 230 millionlik yozgi hujum
Angliyadagi navbatdagi chempionlik yana qo‘ldan boy berilsa kerak, deb todofichajes.com xabar berdi. Bu fiyaskodan keyin “Arsenal” yozgi transferda keskin qadam tashlamoqchi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “kanonirlar” tarkibni 230 million yevro evaziga kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Jamoa 3 futbolchi — Viktor Dyoekersh, Niko Uilyams va Martin Subimendini o‘z saflariga qo‘shib olishni maqsad qilgan.

Dyoekersh “Sporting”da ajoyib formada, Uilyamsga esa “Atletik Bilbao”da bir nechta grand klublar qiziqmoqda. Subimendi esa “Real Sosyedad”da markaziy o‘yinni nazorat qilib, murabbiylarni maftun etmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Arsenal”dan 230 millionlik yozgi hujum