date
views 2 322

Osiyo-Okeaniya chempionatining ilk kunida sambochilarimiz 22 ta medalni qo‘lga kiritishdi

Osiyo-Okeaniya chempionatining ilk kunida sambochilarimiz 22 ta medalni qo‘lga kiritishdi
Toshkent shahrida sambo bo‘yicha Osiyo-Okeaniya chempionati start oldi.

Musobaqaning ilk kunida erkaklar va ayollar o‘rtasida uchtadan vazn toifalarida sambo, shuningdek jangovar sambo yo‘nalishda bahslar tashkil etishdi. Bundan tashqari zaif ko‘ruvchilar va ko‘zi ojizlar o‘rtasidagi bellashuvlarda ham medallar o‘z egalarini topdi. Umumiy hisobda 22 ta medallar jamlanmasi o‘ynaldi.

14 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.

Quyida Osiyo-Okeaniya chempionatining ilk kunida sovrindor bo‘lgan o‘zbekistonlik sportchilar ro‘yxati bilan tanishing:

Oltin:
-54 kg: Shohida Xonto‘rayeva
-59 kg: Ibodatxon Agojonova
-58 kg: Ilhom Parmonov
-88 kg: Sohibjon Hasanboyev (jangovar sambo)
-72 kg: Madinabonu Salohiddinova (ayollar jangovar sambosi)
+98 kg: Hakimjon Ismoilov (jangovar sambo)
-64 kg: Diyorbek Maydonov (SVI-1)
-71 kg: Laziz Qahhorov (SVI-1)
-88 kg: Turg‘un Abdiyev (SVI-1)
-98 kg: O‘lmas Rayimov (SVI-1)
-64 kg: Xolbek O‘ljayev (SVI-2)
-71 kg: Shuhrat Avazturdiyev (SVI-2)
-88 kg: Abdulatif Toshtemirov (SVI-2)
-98 kg: Otabek Irisbekov (SVI-2)

Kumush:
-64 kg: A’zam Rashidov
-80 kg: Mavluda Abdullayeva (ayollar jangovar sambosi)
+80 kg: Gulmira Ismatova (ayollar jangovar sambosi)
-71 kg: Qosim Safarqulov (SVI-1)
-79 kg: Ollaberdi Mannopjonov (SVI-2)

Bronza:
-50 kg: Sevinch Isroilova
-71 kg: G‘olibjon Sulaymonov
-98 kg: Ozodbek Murotov (jangovar sambo)
-64 kg: Isoqjon Abdurahmonov (SVI-1)
-79 kg: Yavkash Abduvoitov (SVI-1)
-64 kg: Olmosbek Jo‘rayev (SVI-2)

O‘zbekiston sambo assotsiatsiyasi matbuot xizmati
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Osiyo-Okeaniya chempionatining ilk kunida sambochilarimiz 22 ta medalni qo‘lga kiritishdi
-->