
Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida YPX xodimiga faol qarshilik ko‘rsatgan Cobalt haydovchisi ushlandi, deb iibb.uz xabar berdi.
Videoda haydovchi YPX inspektorini musht bilan urgani aks etgan. Hodisa to‘xtash taqiqlangan joyda avtomashinani qoldirgan haydovchi hujjat so‘ralganda qochishga uringanidan boshlangan.
Hodisadan so‘ng haydovchi o‘z qilmishi uchun pushaymonligini bildirib, kechirim so‘ragan. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi bilan ish ochilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar