6 176
Gol va golli pas uzatish borasida Luis Suares 2016 yil hisobidan kuchli beshlikda tengsiz bo‘ldi
Urugvay terma jamoasi va Ispaniyaning «Barselona» klubi a’zosi Luis Suares gol va golli uzatmani qo‘shib hisoblaganda barchadan yaxshiroq natija qayd etdi, deb yozmoqda «Daryo» nashri.
Luis Suares 2016 yil hisobidan 37 ta gol urdi va sheriklari tomonidan urilgan 17 ta golga uzatma berdi. Bu ko‘rsatkichi bilan hujumchi Krishtianu Ronaldu, Lionel Messi, Zlatan Ibrahimovich kabi nomlarni ortda qoldirdi.
Suaresning «Barsa» safidagi sherigi Lionel Messi 2016 yil hisobidan 32 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, sheriklari tomonidan urilgan 15 ta golga assistentlik qildi.
Madridning «Real» klubi uchun Krishtianu Ronaldu 2016 yilning boshidan to oxiriga qadar 31 ta gol urib berdi. Shu yil davomida «PSJ» va «Manchester Yunayted» kabi klublar safida to‘p surgan Zlatan Ibrahimovichning gollari soni umumiy 35 tani tashkil qildi.
Ma’lumot uchun, «Oltin to‘p» sovrini uchun raqobatda Luis Suares bor-yo‘g‘i 4-o‘rinni egallagandi. Avvalroq Krishtianu Ronaldu terma jamoa va klub safidagi xalqaro o‘yinlarda urgan umumiy gollar bo‘yicha IFFHS reytingida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgandi. Suares etakchi deb qaralgan reytingda esa terma jamoa safidagi o‘yinlar va klubning xalqaro uchrashuvlari inobatga olinmagan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi