Ispaniya chempinati 32-tur markaziy uchrashuvida “Barselona” o‘z uyida musobaqa jadvalida 4-o‘rinda borayotgan “Valensiya”ni qabul qildi, deb yozadi Kun.uz.
Uchrashuvning 1-daqiqasida Luis Suares Messi tomonidan uzatib berilgan to‘pni darvoza aniq yo‘llab, tezkor gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Oradan biroz vaqt o‘tgach, o‘yinning 10-daqiqasida mehmonlar 11 metrlik jarima zarbasi ishlab oldi. Biroq jamoa sardori Parexo uni aniq amalga oshira olmadi. O‘yin so‘nggida hujumga zo‘r bergan “Valensiya” darvozasiga “Barselona” qarshi hujum bilan javob berdi. 94-daqiqada kiritilgan golga Messi mualliflik qildi.
Bu g‘alabadan so‘ng “Barselona” 78 ochko to‘plagan holda “Real Madrid”dan 5 ochko oldinda bormoqda. Eslatib o‘tamiz, “Real Madrid” 32-turdagi o‘z o‘yinini “Malaga”ga qarshi o‘tkazadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi