Xitoyning Xiaomi kompaniyasi so‘nggi vaqtda turli aqlli gadjetlarni yaratishda davom etmoqda. Bu gal xitoylik shovvoz Mi Alarm Clock nomli aqlli budilnikni taqdim qildi. Bu haqda "Terabayt.uz" xabar berdi.
Yangi gadjet foydalanuvchini yoqimli musiqalar bilan asta-sekin uyg‘otishi mumkin. Qurilmada svetodiodli yorug‘lik foni ko‘zda tutilgan, unga signal o‘chiradigan yirik tugma o‘rnatilgan. Bundan tashqari, gadjetni Mi App ilovasi orqali smartfondan sozlash imkoniyati mavjud. Mi Alarm Clock birlamchi parametrlar bo‘yicha o‘rnatilgan standart signallarga ega, biroq foydalanuvchi smartfondagi istalgan ohangni ham sozlasa bo‘ladi. Eng qizig‘i, budilnik nafaqat uyqudan uyg‘onishga, balki sokin musiqalar ostida uyquga ketishda ham yordam beradi.
Ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, gadjetga turli ovoz balandliklarini qo‘llab-quvvatlaydigan ilg‘or dinamik o‘rnatilgan. Mi Alarm Clock 30 dollar narxida sotuvga chiqarilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi