Fossil kompaniyasi Emporio Armani moda brendi bilan hamkorlikda EA Connected Watch nomli smart-soatni taqdim etdi. Soat klassik korpus dizayniga ega, ekrani aylana shaklda.
EA Connected Watch gadjeti Bluetooth orqali iOS va Android platformalarida ishlaydigan mobil qurilmalar bilan sinxronlanadi. Soatda qadamlar, sarflangan kaloriyalar, bosilgan masofa va uyqu holatini kuzatish imkoniyatlari mavjud. Shuningdek, smartfondagi musiqalarni masofadan boshqarish va qo‘ng‘iroqlar haqida xabardor bo‘lish mumkin.
Asosiy siferblatdan tashqari soatda ikkinchi vaqt mintaqasini kuzatish uchun qo‘shimcha kichik soat ham mavjud. Avtonom ishlash vaqti 6 oyni tashkil qiladi, biroq mazkur ma’lumot hali tasdiqlanmagan.
Terabayt.uz nashrining yozishicha, yangi dizayndagi aqlli soatni 250 dollar evaziga xarid qilish mumkin. U to‘rtta rangda (qora, pushti, po‘lat va bronza) sotuvga chiqariladi. Shuningdek, 2017 yilda EA Connected Watch soatiga mo‘ljallangan timsoh terisidan ishlangan bog‘ichlar ham paydo bo‘lishi ma’lum qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi