6 729
Puma bog‘ichi o‘z-o‘zidan bog‘lanadigan krossovkalar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda
Sport kiyimlarini ishlab chiqaruvchi Nike kompaniyasi ortidan Puma firmasi ham bog‘ichi o‘z-o‘zidan bog‘lanadigan krossovka ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.
Autodiscs nomli yangi krossovkalar ichiga bog‘lanishni zaiflashtiruvchi yoki kuchaytiruvchi elektromotor o‘rnatilgan bo‘ladi. Bog‘lanish bevosita krossovkadagi tugma yoki mobil dastur orqali amalga oshiriladi.
Ilgariroq Nike kompaniyasi bog‘ichi o‘z-o‘zidan bog‘lanadigan Nike Hyperadapt 1.0 krossovkalarini ishlab chiqqani haqida xabar berilgandi. Puma yaratuvchilarining aytishicha, Autodiscs krossovkasining Hyperadapt 1.0 ga nisbatan ikkita ustunligi bor.
Birinchisi, bog‘ichlarni boshlovchi motor krossovkaning tagcharmida emas, tilida joylashgan. Bu oyoq kiyimning egiluvchanligini saqlab qolishga yordam beradi.
Ikkinchi ustunlik shundan iboratki, krossovkaning bog‘lanishini mobil dastur yordamida smartfon orqali amalga oshirish mumkin. Krossovkada nima bilan shug‘ullanishga qarab, uning bog‘lanishini har ikki yoki alohida oyoq uchun maksimal darajada qulay holatga keltirish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi