Shubhasiz, so‘nggi yillarda xitoylik nomdor smartfon ishlab chiqaruvchilarning yangi smartfonlari juda katta qiziqish bilan kutib olinmoqda. Masalan, yaqinda Xiaomi kompaniyasi Xiaomi Mi5S modelini sotuvga chiqargan edi, biroq oradan oz vaqt o‘tganiga qaramay, internet tarmog‘ida Xiaomi Mi6 flagmaniga doir yangiliklar paydo bo‘lmoqda.
Terabayt saytining ma’lum qilishicha, navbatdagi flagman 2017 yilning 14 fevral sanasida taqdim etilishi mumkin. Shu bilan birga, Xitoyning Weibo mikroblogida 6 raqami va 14 fevral sanasi aks ettirilgan tizer ham paydo bo‘lgan. Hozircha tizerning aniqligi shubha ostida. Biroq kompaniya yilning birinchi choragida yangi flagman taqdim etishi odatga aylangan.
Xiaomi Mi6 flagmani Snapdragon 835 prosessorida ishlaydigan ilk qurilmalardan bo‘lishi kutilmoqda. U 20 Mpli qo‘sh kameraga ham ega bo‘lishi mumkin. Hozircha boshqa texnik parametrlar oshkor etilmagan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi