Samsung kompaniyasining yangi aqlli televizorlarida Google Chromecast servisiga o‘xshagan yangi funksiya paydo bo‘ladi, deb yozmoqda Terabayt.uz sayti.
Yangi funksiya Samsung Smart View ilovasida ko‘zda tutiladi va bevosita smartfondan turli servislarda ochilgan onlayn videolarni jonli tarzda televizor ekraniga uzatishga xizmat qiladi. Hozirda Smart View ilovasi orqali telefon xotirasida saqlangan video, musiqa va rasmlarni televizorga uzatsa bo‘ladi.
Ushbu ilovaning iOS dasturi uchun chiqarilgan yangi versiyadan olingan skrinshotlar mazkur yangi imkoniyatdan darak bermoqda. Skrinshotlarda YouTube, Amazon Prime Video va Hulu kabi videoxosting ikonkalarini ko‘rish mumkin.
Bundan tashqari, ilova smartfondan distansion pult sifatida foydalanish imkoniyatini ham beradi. Bunday yangi funksiyaga ega televizorlar tez orada CES 2017 ko‘rgazmasida taqdim etilishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi