VIII Respubika innovasion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tomonidan «Foto yoki videooqimdagi shaxsni tanish va aniqlash axborot-qidiruv tizimlarining qurilishi uslubining ishlanmasi» taqdim etiladi. Bu haqda «Telegraf.uz»ga asoslanib «Daryo» nashri xabar bermoqda.
Ushbu loyiha TATUning «Axborot xavfsizligi» kafedrasida ishlab chiqilgan bo‘lib, binoga kirish va undan chiqishda odamlar oqimlarini kuzatish maqsadida dasturiy ta’minotni ishlab chiqish va undan foydalanishni nazarda tutadi.
Loyihaning amalga oshirilishi tashkilotlar va korxonalardagi odamlar, jumladan, xodimlar va notanish shaxslarni kuzatish va ularning shaxsini aniqlash imkonini beradi. Hozirda dasturning sinov versiyasi ishlab chiqilgan bo‘lib, aniqlash mexanizmining ta’sirchanligini oshirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Yarmarka «O‘zekspomarkaz» Milliy ko‘rgazmalar majmuasida o‘tkaziladi. An’anaga ko‘ra qator stendlarda axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarga oid korxonalar taqdim etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi