8 670
GM o‘z avtomobillaridagi nosozlik holatini yashirgani uchun rekord darajada jarima to‘lashi mumkin
AQSh Yustisiya vazirligi General Motors kompaniyasini ishlab chiqarilgan avtomobillaridagi o‘t oldirish tugmasi bilan bog‘liq nosozliklarni yashirib, qonunbuzarlik qilganini tasdiqladi. Bu haqda The New York Times nashri'ga asoslanib Kun.uz xabar bergan.
Xabarda aytilishicha, Nyu-York shahri prokuraturasi va FBR xodimlari 1 yildan ortiq vaqt davomida bu masala ustida tekshiruv olib borishgan.
Qayd qilinishicha, avtomobillaridagi shunday nosozlik tufayli 104 kishi halok bo‘lgan.
Endilikda kompaniya belgilanadigan jarima miqdorini kamaytirishga urinib ko‘rishi mumkin. Bungacha, shunday holat uchun 2014 yilda Toyota kompaniyasi 11,2 mlrd dollar miqdorida jarima to‘lagan va bu hozircha rekord natija hisoblanadi.
General Motors hozircha odamlarning o‘limi bilan yuz bergan 77ta YTHda aybdorligini tan olgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi