09:22 / 16.07.2017
8 447

Samarqand shahri yo‘l nazoratchilariga Honda motosikllari topshirildi

Samarqand shahri yo‘l nazoratchilariga Honda motosikllari topshirildi
So‘nggi yillarda Samarqand shahrida avtotransport vositalari ancha ko‘paygani sabab ba’zi ko‘chalar va chorrahalarda tirbandliklar yuzaga kelmoqda. Bu esa o‘z navbatida maxsus operasiyani bajarayotgan xizmat avtomashinalarining harakatlanishiga ma’lum qiyinchiliklar tug‘dirmoqda, deb xabar yozadi «Samarkandskiy Vestnik».

Ushbu muammolarni inobatga olgan O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Samarqand shahri yo‘l-patrul xizmati xodimlariga Yaponiyada ishlab chiqarilgan va maxsus jihozlangan motosikllarni taqdim etdi.

Samarqand viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Fayzulla Quvondiqov boshchiligida bo‘lib o‘tgan namoyish seminari ishtirokchilari yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlariga topshirilgan motosikllarning texnik imkoniyatlari bilan tanishib chiqdi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Samarqand shahri yo‘l nazoratchilariga Honda motosikllari topshirildi