Bir necha yil muqaddam avtobozorlarda Hyundai ix35 o‘rnini Tucson krossoveri egallagan edi. Biroq Xitoy bozori uchun istisno qilindi. Mamlakatda ikkala modelni ham xarid qilish mumkin. 2017 yil aprel oyida Koreya kompaniyasi yangi avlod Hyundai ix35modelining prototipini namoyish qildi. Iyul oyida ilk josuslik suratlari paydo bo‘ldi. Endilikda uning yangi fotosuratlari bilan tanishish mumkin.
Yangi seriyali ix35 umuman olganda konsept dizaynini saqlab qolgan. Yangi krossover uzunligi 4 435 mm bo‘lib, avvalgisidan 15 mmga uzunroqdir. Hyundai ix35 eni – 1 850 mm (+30 mm), balandligi 1 680 – 1 715 mm (disklar va reylinglar o‘lchamiga bog‘liq ravishda o‘zgaradi. G‘ildiraklar oralig‘i avvalgidek – 2 640 mm o‘lchamda saqlanib qolgan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, yangi Hyundai ix35 2.0 l atmosferali hamda 1.4 l turbodvigatellar bilan savdoga chiqariladi. Ularga ikki uzatmali 7 bosqichli AUQ o‘rnatiladi.
Yangi avlod Hyundai ix35 joriy yil oxirigacha dilerlarga yetkazib beriladi. Krossoverni Xitoydan boshqa mamlakatlarda sotish rejalashtirilmagan.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi