GM Uzbekistan kompaniyasi 2018 yilning yanvar—iyul oylarida mashina oldi-sotdisi boʻyicha kuniga oʻrtacha 489 ta shartnoma rasmiylashtirgan boʻlsa, sentyabr oyida bu koʻrsatkich 3351 taga chiqqan. Yaʼni, “Oʻzavtosanoat” rahbari Shavkat Umurzoqov aytganidek, kunlik kontraktatsiyalar soni 6,6 barobarga oshgan.
Oʻz-oʻzidan, avtomobil ishlab chiqarish hajmi ham oshgan. Umurzoqov intervyusida maʼlum qilishicha, GM Uzbekistan bu yil 220 ming dona avtomobil ishlab chiqarmoqchi — bu oʻtgan yilgi koʻrsatkich (140 247 dona avtomobil)dan 157 foizga koʻp. Masalan, 2018 yilning avgust oyida 16,8 ming dona mashina ishlab chiqarilgan boʻlib, bu avvalgi oylardagi oʻrtacha koʻrsatkichdan 120 foizga koʻp. Sentyabrda 23,3 ming avtomobil ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan.
Shavkat Umurzoqovning qayd etishicha, Asakadagi avtozavod bugungi kunda sutkasiga 22 soat va toʻliq quvvat bilan ishlayapti. Maʼlum boʻlishicha, zavod avvallari sutkasiga 8—11 soatdan ishlagan. Avtomobil tannarxini kamaytirishga ham eʼtibor qaratilmoqda. “Bugungi kungacha bir avtomobilga ketadigan xarajatlar 10 foizga kamaytirildi. Yana 10—15 foizga kamaytirishni koʻzlayapmiz”, — dedi Umurzoqov.
2018 yil yakunlari boʻyicha eng talabgir avtomobillarga boʻlgan ehtiyojni qondirish maqsadida Damas/Labo avtomobillarini ishlab chiqarish hajmi 1,5 barobarga — 41,1 donagacha oshishi kutilyapti. Malibu ishlab chiqarish hajmi oktyabrdan besh barobarga, noyabrdan esa 10 barobarga oshadi (oyiga oʻrtacha 194 donadan 2200 donagacha).
Yana bir qiziq fakt — avtomobil sotuvidan yanvar—iyul oylarida har kuni oʻrtacha 41,7 milliard soʻm tushgan boʻlsa, sentyabrning har kunida oʻrtacha 126,5 milliard soʻm tushyapti. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi