Andijon viloyati Sud departamenti boshlang‘ich bahosi 615 mln so‘mdan ortiq bo‘lgan Lamborghini Gallardo sportkarini kimoshdi savdosiga qo‘ydi, deyiladi "Kun" nashrida.
Sud qarorlarini ijro etish departamenti saytiga qo‘yilgan ma’lumotlarga ko‘ra, ochiq kimoshdi savdosi shu yil 22 sentyabrda bo‘lib o‘tishi belgilangan. 2004 yilda ishlab chiqarilgan mashina yaxshi holatda ekani ta’kidlangan.
Shu bilan birga, savdoga qo‘yilgan avtomobillarning kelib chiqishi xususida batafsil ma’lumot keltirilmagan.
Lamborghini Gallardo – 2003-2013 yillarda ishlab chiqarilgan sportkar bo‘lib, Lamborghini kompaniyasi ishlab chiqqan modellar orasida eng keng tarqalgani hisoblanadi. 11 yil mobaynida mashinadan 14 mingdan ortiq nusxa ishlab chiqilgan. Uning eng arzon to‘plami 160 ming dollarga baholangan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi