Xitoyning GAC kompaniyasi Enlight elektrli superkarining tizerini namoyish qildi. Prototip noyabr oyida Guanchjou avtosalonlaridan birida ommaga ko‘rsatiladi.
Daragi chiqqan superkar to‘la uzatmali bo‘lishi, avtopiloti hamda to‘laligicha elektrda harakatlanishi ma’lum. Seriyali ishlab chiqarilish ehtimoli aytilmadi.
GAC elektrli superkar ishlab chiqarayotgan birinchi Xitoy kompaniyasi emas. Masalan, aprel oyida BAIC firmasi Pekin avtosalonida ArcFox-7 elektromobilini namoyish etdi. ArcFox-7 603 ot kuchiga ega bo‘lib, litiy-ionli akkumulyatorlar o‘rnatilgan. Elektrli kupe yuz tezlikka uch soniyada erishishi, ayniqsa, diqqatga sazovordir.
Noyabr oyi oxirida Londonda Xitoyning NextEV kompaniyasi 1360 ot kuchiga ega bo‘lgan giperkarni namoyish qiladi. U ham uch soniyada 100 km/soat tezlikka chiqadi, maksimal tezligi soatiga 300 km. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi