Audi brendining eng "kichik" modeli Audi A1 Auto motor und sport jurnali tomonidan jurnalxonlar orasida o‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra "Kichik avtomobil" toifasida, Audi A3 esa "Ixcham avtomobil" toifasida eng yaxshi deb topildi. Mukofotlarni topshirish marosimi Shtutgartda bo‘lib o‘tdi, deb yozadi Kun.uz sayti.
"Eng yaxshi avtomobil – 2017" tanlovidagi ikkita g‘alaba yangi yilda bizni olg‘a intiltiruvchi kuch bilan quvvatlantirdi. Ushbu muvaffaqiyat avtomobillarimiz hamon hayrat uyg‘otishini ko‘rsatmoqda. Bu bizga kelajakdagi yo‘limizda ishonch beradi", deb g‘alabalarga izoh berdi Audi AG boshqaruv raisi Rupert Shtadler.
"Audi A1 va Audi A3 modellari Audi’ning ixcham shakldagi modellarida bo‘lgan barcha yaxshi narsani taklif qiladi. Muvaffaqiyatning bu resepti bilan ikki model yuqori savdo hajmlarini ko‘rsatmoqda", deb qo‘shimcha qildi Audi AG boshqaruvi a’zosi Diter Voggenreyter.
Joriy yilda jurnal tanlovni 41-marotaba o‘tkazmoqda, jurnalxonlar 11 toifa bo‘yicha 378 ta modeldan eng yaxshilarini tanladilar. A1 va A3 modellaridan tashqari, Audi’ning Q7 modeli ham yaxshi natija ko‘rsatdi, u "Katta yo‘ltanlamas" toifasida 2-o‘ringa loyiq deb topildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi