7 116
Toshkent YHXB: Chorrahalarda kameralarning ishga tushishi qoidabuzarliklar soni kamayishiga olib keldi
Toshkent shahri chorahalaridagi kuzatuv kameralari yordamida 17—23 mart kunlari davomida 29 mingdan ziyod qoidabuzarliklar aniqlandi. Bu haqda 23 mart, payshanba kuni Toshkent shahar IIBBda bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qilindi, deb yozadi Daryo nashri.
Svetoforning qizil chirog‘idan harakatlanish bilan bog‘liq qoidabuzarliklar soni 16 mingdan, tezlikni belgilangan me’yordan oshirganlik bilan bog‘liq qoidabuzarliklar soni esa 13 mingdan oshgan. Hozirda shaharning 115 chorrahasida 883 ta kuzatuv kameralari tunu-kun ishlab turibdi.
Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasidan ma’lum qilishlaricha, kameralarning ishga tushirilishi natijasida haydovchilar yo‘l harakati qoidalariga rioya etmoqda. Jumladan, 15 mart kuni bir sutka davomida 8 mingdan ziyod qoidabuzarlik qayd etilgan bo‘lsa, 22 mart kuni bu ko‘rsatkich 2 mingtani tashkil etgan va to‘rt barobarga yoki 6 mingtaga kamaygan.
Shuningdek, yo‘l transport hodisa (YTH)lari hamda odam o‘limi bilan bog‘liq transport hodisalari ikki barobarga kamayishiga erishildi. 10—16 mart kunlari 27 ta YTH va 3 ta odam o‘limi bilan bog‘liq holat qayd etilgan bo‘lsa, 17 martdan 23 martga qadar 14 ta YTH va 1 ta odam o‘limi bilan bog‘liq holat qayd etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi