Toshkentning 115ta chorrahasiga o‘rnatilgan kameralar hamda yo‘llardagi tezlik o‘lchovchi radarlar o‘z samarasini bera boshladi. Xususan, kameralar jarima yozishni boshlagan 15 mart kuni 8 ming 500dan ortiq qoidabuzarlik aniqlangan bo‘lsa, Toshkent shahar IIBB taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, 22 martga kelib, bu raqam deyarli 4 barobarga kamaygan va 2 ming atrofini tashkil etgan, deb yozmoqda Kun.uz nashri.
Shu bilan birga, ta’kidlanishicha, bu ishlar yanada takomillashtiriladi va davom etadi. Xususan, respublika Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi inspektori, kapitan Akmal Yunusovning ma’lum qilishicha, kameralar faoliyatini yo‘lga qo‘yishning ikkinchi bosqichida Toshkent shahrining 400 chorrahasi qamrab olinadi. Uchinchi bosqichda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ma’muriy markazlaridagi chorrahalarda kameralar qoidabuzarliklarni qayd eta boshlaydi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi