13:41 / 12.06.2017
6 652

Ravon R2 Rossiyadagi eng hamyonbop chet el avtomobillari beshligiga kiritildi

Ravon R2 Rossiyadagi eng hamyonbop chet el avtomobillari beshligiga kiritildi
Daily-Motor nashri iyun oyi holatiga Rossiyada sotilayotgan eng hamyonbop chet el avtomobillari TOP-5ligini e’lon qildi.

O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan avtomobillar orasida Ravon R2 modeli ushbu reytingdan joy oldi.

Reytingning birinchi pog‘onasida Lifan Smily joylashdi. Avtomobilning bahosi — 362 ming rubl (6350 dollar)ga teng. Ikkinchi o‘rinda 410 ming rubllik (7200 dollar) FAW V5 sedani qayd etildi. Keyingi o‘rinlarda Geely GC6 — 420 ming rubl (7370 dollar) va Datsun on-DO — 436 ming rubl (7650 dollar) egalladi.

Rossidagi hamyonbop inomarkalar beshligining quyi pog‘onasidan joy olgan Ravon R2 avtomobilining bahosi esa — 439 ming rubl (7700 dollar)ga teng.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Ravon R2 Rossiyadagi eng hamyonbop chet el avtomobillari beshligiga kiritildi