18:35 / 06.07.2017
7 868

GM-Uzbekistan rahbari elektromobil ishlab chiqarilishi ehtimoli haqidagi savolga javob qaytardi

GM-Uzbekistan rahbari elektromobil ishlab chiqarilishi ehtimoli haqidagi savolga javob qaytardi
GM-Uzbekistan tasarrufidagi korxonalarga uyushtirilgan press-tur davomida korxona bosh direktori vazifasini bajaruvchi Rustam Rajabov jurnalistlar va blogerlarning elektromobillar ishlab chiqarish borasidagi savollariga javob berar ekan, jumladan, shunday dedi:

“Bunday avtomobillar ishlab chiqarish tannarxi juda qimmatga tushadi. Bu kabi avtomobillarni ishlab chiqarish juda rivojlangan mamlakatlarda amalga oshirilmoqda”, - dedi Rustam Rajabov. - “Misol qilib aytadigan bo‘lsak, Gollandiya 2025 yildan keyin ichki yonuv dvigatelli avtomobillardan butunlay voz kechadi. Bunday talabga ularning turmush tarzi, strukturasi va qo‘shimcha imkoniyatlari javob beradi”.

Rustam Rajabovning ta’kidlashicha, GM-Uzbekistan korxonasida bu yo‘nalishda ish olib borilmayapti. Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, korxonada alternativ yoqilg‘ida, ya’ni gazda harakat qiluvchi avtomobillar ustida ish olib borilmoqda. Aniqroq aytiladigan bo‘lsa, endi korxonaning o‘zidan gazda yurishga ixtisoslashgan avtomobillar ishlab chiqariladi.

“Hozirgi, ya’ni benzinda yurishga mo‘ljallangan avtomobillarda gazda yurish qurilmasining o‘rnatilishi oqibatida mashinaning metallariga jiddiy shikast etmoqda. 10 yilga kafolatlangan motor, 2-3 yilga borib ishdan chiqmoqda. Biz mana shularni hisobga olgan holda, zavodning o‘zidan gazda yurishga ixtisoslashgan avtomobillar ishlab chiqarishni rejalashtirganmiz”, dedi Rustam Rajabov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » GM-Uzbekistan rahbari elektromobil ishlab chiqarilishi ehtimoli haqidagi savolga javob qaytardi