Samarqandda gaz ballonli Spark’ning treylerga urilishi natijasida to‘rtta yangi avtomobil yonib ketdi

  • 18 oktyabr 2015, 18:37
  • 8 808
  • Avto
  • Samarqandda gaz ballonli Spark’ning treylerga urilishi natijasida to‘rtta yangi avtomobil yonib ketdi

    Samarqand viloyatida gazda harakatlanuvchi Spark avtomobilining treylerga urilishi natijasida to‘rtta yangi avtomobil yonib ketdi. Hodisa joyidan olingan fotosuratlar, guvohlarning fikrlari Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhida 17-oktabr kuni e’lon qilindi, deb yozmoqda Daryo.uz sayti.

    Spark ettita Cobalt va bitta Nexia avtomobili ortilgan treylerga orqa tomondan kelib urilgan. Hodisa guvohlarining so‘zlariga ko‘ra, avariya natijasida yong‘in kelib chiqqan.

    Yong‘in oqibatida Spark avtomobilining o‘zi, shuningdek, treylerdagi Cobalt’larning uchtasi va Nexia yonib, yaroqsiz ahvolga kelgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, hodisa 17 oktyabr kuni yuz bergan.

    Facebook’dagi fotoxabar ostida fikr bildirganlardan biri, mazkur treylerda do‘stining buyurtmasi bo‘yicha olib kelinayotgan mashina bo‘lganini yozgan. «Mashinasini kutayotgan odamlarga endi nima deyisharkin?», — deya qiziqqan foydalanuvchilardan biri.

    » » Samarqandda gaz ballonli Spark’ning treylerga urilishi natijasida to‘rtta yangi avtomobil yonib ketdi