date

Leon Goretska “Bavariya”dan 16 ta sovrin bilan ketmoqda...

Myunxenning “Bavariya” klubi yarim himoyachisi Leon Goretska 2025/26 yilgi mavsum yakunida jamoani tark etadi. 31 yoshli xavbek nemis grandi safida sakkiz yil davomida to‘p surib, klub tarixida o‘z o‘rnini qoldirdi.

“8 yil. 16 ta unvon. Meros. Hammasi uchun rahmat, Leon. Sizning sayohatingiz tariximizning bir qismi bo‘ladi”, — deyiladi “Bavariya” matbuot xizmati tarqatgan xayrlashuv bayonotida.

Goretska 2018 yil yozida “Shalke”dan “Bavariya”ga kelib qo‘shilgan edi. U Myunxen klubi bilan 7 marta Germaniya chempioni bo‘ldi, 3 marta Germaniya Kubogi va 4 marta Germaniya Superkubogini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Chempionlar ligasi, UYEFA Superkubogi va FIFA klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ham zafar quchdi.

Leon Goretska “Bavariya” safida jami 312 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Ushbu bahslarda 51 ta gol urdi va 53 ta golli uzatma amalga oshirdi. Yarim himoyachi jismoniy kuchi, universalligi va muhim o‘yinlardagi foydali harakatlari bilan muxlislar yodida qoladi.

Qisqasi, Goretskaning “Bavariya”dagi davri yakunlanmoqda. 8 yil, 16 ta sovrin va yuzlab o‘yinlar — bu oddiy statistika emas, Myunxenda qoldirilgan katta iz. Endi nemis xavbeki faoliyatida yangi sahifa ochishga tayyor.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Leon Goretska “Bavariya”dan 16 ta sovrin bilan ketmoqda...