date

O‘zbekistonda mashhur brend avtomobil ishlab chiqarmoqchi

O‘zbekistonda mashhur brend avtomobil ishlab chiqarmoqchi

Germaniyaning mashhur Volkswagen avtokonserni O‘zbekiston avtomobil sanoatini yanada rivojlantirish dasturi doirasida Toshkent shahrida yirik yig‘uv ishlab chiqarishini tashkil etishni maqsad qilmoqda. Bu haqda Britaniyaning “Just Auto” nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, loyihaning dastlabki bosqichida poytaxt Toshkentda avtomobillarni yirik bo‘g‘inli yig‘ish jarayonini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Keyinchalik ishlab chiqarishni “Angren” erkin iqtisodiy zonasi hududida yuqori darajada mahalliylashtirish ko‘zda tutilmoqda.

Ta’kidlanishicha, mazkur loyiha 2025 yil iyun oyida strategik hamkorlik bitimini imzolagan “O‘zavtosanoat” davlat kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Maqolada O‘zbekiston avtomobil sanoati so‘nggi yillarda barqaror o‘sish sur’atlarini namoyon etayotgani alohida qayd etilgan. Ayni vaqtda mamlakatda Chevrolet, BYD, KIA va Hyundai kabi xalqaro brendlar bilan hamkorlikda mahsulot ishlab chiqaruvchi beshta avtomobil zavodi faoliyat yuritmoqda.

Xabarda keltirilishicha, sohada 10 mingdan ziyod mutaxassis mehnat qilmoqda, shuningdek 300 dan ortiq mahalliy korxona avtomobil ishlab chiqaruvchilarni butlovchi qismlar bilan ta’minlab kelmoqda.

Shu bilan birga, Prezident Shavkat Mirziyoyev ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytirish hamda 2026 yil oxiriga qadar avtokomponentlar bozorini rivojlantirish bo‘yicha kompleks strategiya tayyorlash vazifasini belgilab bergani ta’kidlangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Avto » O‘zbekistonda mashhur brend avtomobil ishlab chiqarmoqchi