date

Yangi Lada Azimut krossoveri mustahkamlangan boʻyoq qatlamiga ega boʻldi

Yangi Lada Azimut krossoveri mustahkamlangan boʻyoq qatlamiga ega boʻldi

AvtoVAZ kompaniyasi yangi Lada Azimut krossoveri uchun moʻljallangan lak-boʻyoq materiallarining laboratoriya sinovlari yakunlanganini eʼlon qildi. Mutaxassislar seriyali texnologiya asosida boʻyalgan metall panellarni turli iqlim va yoʻl sharoitlarida koʻp yillik ekspluatatsiya modelini yaratish orqali tekshiruvdan oʻtkazdilar. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Sinovlar davomida qoplamalar shagʻal zarbalari, ultrabinafsha nurlar, namlik, harorat oʻzgarishi va tezlashtirilgan qarish jarayonlariga bardoshliligi boʻyicha tekshirildi. Shuningdek, emalning tirnalishlarga, kimyoviy moddalarga va biologik ifloslanishlarga, jumladan, hasharotlar hamda qushlarning izlariga chidamliligi ham oʻrganildi.

Zavod vakillarining taʼkidlashicha, yangi materiallar rang oʻchishi va koʻchishiga nisbatan yuqori chidamlilik koʻrsatgan. Kuzovning qoʻshimcha himoyasini modernizatsiya qilingan kataforez grunti va mayda shikastlanishlar hamda ob-havo injiqliklariga chidamli elastik lak taʼminlaydi.

Lada Azimut uchun ham tanish, ham mutlaqo yangi ranglar palitrasi tayyorlangan. Ular orasida bej rangli «Gobi», yashil «Emerald» va dengiz toʻlqini rangidagi «Serenada» kabi variantlar bor. AvtoVAZ boʻyoq materiallarining asosiy qismi Rossiya ishlab chiqaruvchilari tomonidan yetkazib berilayotganini va mahalliylashtirish davom etayotganini bildirdi.

Avvalroq, AvtoVAZ kompaniyasi Lada Azimut krossoverlarining ilk partiyasini tayyorlab, ularni PMEF-2026 forumida ishtirok etish uchun yuborgani xabar qilingan edi. Ushbu model Vesta platformasining modernizatsiya qilingan versiyasida yaratilgan yakuniy nusxa hisoblanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Avto » Yangi Lada Azimut krossoveri mustahkamlangan boʻyoq qatlamiga ega boʻldi