Dubayda robot masjidda namoz o‘qidi

Dubayda Qurbon hayiti namozi vaqtida kutilmagan va qiziqarli holat kuzatildi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda robot musulmonlar bilan bir safda turib, bayram namozida ishtirok etayotgani aks etgan.
Mazkur tasvirlar qisqa vaqt ichida internet foydalanuvchilari orasida keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ayrimlar bu holatni zamonaviy texnologiyalarning yangi bosqichga chiqqanining yorqin misoli sifatida baholagan bo‘lsa, boshqalar robotning masjidda paydo bo‘lishidan hayratga tushganini yashirmadi.
Kuzatuvchilarning aytishicha, robot harakatlari juda aniq va insonlarga mos tarzda amalga oshirilgani alohida e’tiborga sazovor bo‘lgan. Shuningdek, bu holat kelajakda sun’iy intellekt va robototexnika hayotimizning turli sohalariga yanada chuqur kirib kelishini ko‘rsatishi ta’kidlanmoqda.
Ayrim foydalanuvchilar esa bunday yangiliklar din va texnologiya uyg‘unligi haqida yangi savollarni ham o‘rtaga qo‘yayotganini bildirmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!