Ergashev Shoxruxbek “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 28 maydagi farmoniga muvofiq, “Kelajak bunyodkori” medali bilan Ergashev Shoxruxbek Abdullajon o‘g‘li taqdirlandi.
Mazkur xushxabarni xonandaning o‘zi ijtimoiy tarmoqlardagi Instagram sahifasi orqali muxlislariga ma’lum qildi. U joylagan post qisqa vaqt ichida keng muhokamalarga sabab bo‘lib, izohlarda muxlislar va san’at ixlosmandlari uni samimiy tabriklab, kelgusi ijodiy faoliyatida yanada ulkan yutuqlar tilab qolishmoqda.
Qayd etish joiz, “Kelajak bunyodkori” medali mamlakat ravnaqiga hissa qo‘shayotgan, o‘z sohasida faol va namunaviy faoliyat yuritayotgan yoshlarga beriladi. Shoxruxbekning ushbu mukofotga munosib ko‘rilgani uning san’at sohasidagi mehnati va erishgan yutuqlarining yuksak e’tirofi sifatida baholanmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!