date

Bir guruh sanʼatkorlar mukofotlandi

Bir guruh sanʼatkorlar mukofotlandi

Munisa Rizayeva va Otabek Muhammadzohid “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist” unvoni bilan taqdirlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida”gi farmoniga asosan bir guruh sanʼat va madaniyat namoyandalari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.

Jumladan, Gʻiyos Boytoyev, Rustam Gʻoipov, Matyoqub Matchanov, Uchqun Tillayev hamda Raʼno Yarashevaga “Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvoni berildi.

Shuningdek, Erkin Komilov va Yodgor Saʼdiyev “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan, Ubaydulla Omon hamda Begzod Muhammadkarimov esa “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi.

Bundan tashqari, Elyor Nosirov, Mahmud Namozov va Tohir Sodiqov “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan boʻlsa, Anvar Gʻaniyev, Ulugʻbek Qodirov va Alisher Uzoqov “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlandi.

Shu bilan birga, yana bir qator ijodkor va sanʼat arboblari ham davlat mukofotlariga sazovor boʻldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Bir guruh sanʼatkorlar mukofotlandi