19:44 / 21.01.2018
6 882

Mister Binning afsonaviy mashinasi auksionga qo’yiladi

Mister Binning afsonaviy mashinasi auksionga qo’yiladi
Fevral oyining oxirgi kunlarida mashhur aktyor Rouen Atkinsonning avtoulovi sotuvga qo’yilishi rejalashtirilmoqda.

Auksionda 1989 yilgi Mercedes-Benz 500E va Lancia Thema avtomobillari sotuvga qo’yiladi.

Aktyorning so’zlariga qaraganda Mercedes-Benz 500E Atkinson topa olgan modellar ichidagi eng yaxshisidir. U Porsche bilan hamkorlikda ishlab chiqarilgan bo’lib, 326 ot kuchiga ega. Mashina shu kunga qadar 80 ming kilometrdan biroz ko’proq yo’l yurgan, deyiladi xabarda.

2015 yili aktyor tomonidan McLaren F1 mashinasi 12,2 million AQSH dollari evaziga sotilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Mister Binning afsonaviy mashinasi auksionga qo’yiladi