AQShning Tesla kompaniyasi Model S sedanining ommaviy qaytarib olinishida detallar yetkazib beruvchi Bosch kompaniyasini aybdor deb hisoblamoqda. Bu haqda Handelsblatt nashriga iqtibos keltirgan holda Kun.uz nashri xabar berdi.
Tesla fikricha, aynan nemis kompaniyasi mashinalarning qaytarib olinishi bilan bog‘liq xarajatlarni qoplashi kerak. Biroq shu bilan birga ushbu ma’lumotning rasmiy tasdig‘i berilmagan.
Tesla mart oxirida 2016 yil apreligacha ishlab chiqarilgan 123 mingta Model S elektrokarini servis markazlariga rul gidrokuchaytirgichi boltlarini almashtirish uchun chaqirtirib olishini e’lon qilgandi. Ta’kidlanishicha, boltlar sovuq iqlim sharoitida haddan ziyod korroziyalanishi sababli shikastlangan.
Bosch kompaniyasi yetkazib beradigan detallarga yo‘llarda muzlashga qarshi ishlatiluvchi ma’lum turdagi tuz salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu haqda Tesla’ning o‘z mijozlariga jo‘natgan rasmiy xatida aytilgan.
Boltlar yemirilishi oqibatida yuklamalarni ko‘tara olmay qoladi. Biroq Tesla bu nosozlik transport vositasi boshqaruvini yo‘qotishga olib kelmasligini kafolatlashini va bunda noqulaylik tug‘diradigan yagona narsa – haydovchi rulni burishda biroz ko‘proq kuch ishlatishiga to‘g‘ri kelishini aytgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi