Eng ko‘p sotiladigan avtomobillar ro‘yxati e’lon qilindi

  • 19-08-2018, 19:41
  • 3 161
  • Avto
  • Eng ko‘p sotiladigan avtomobillar ro‘yxati e’lon qilindi
    Dunyo analitiklari 2018 yilning birinchi yarmida jahon bozorlarida eng mashhur bo‘lgan avtomobillar ro‘yxatini tuzib chiqishdi, deya ta’kidladi Darakchi nashri.

    “Ford” markasidagi pikap ro‘yxatda yetakchilik qilmoqda.

    Ford F-Series pikap mashinasi Shimoliy va Janubiy Amerikada eng ko‘p sotiladigan mashinalar sirasiga kiradi.

    Ikkinchi o‘rinda Toyota Corolla yapon sedanidir. Yanvar oyidan beri ushbu sedan 478 122 nusxada sotilgan.

    Uchinchi o‘rin esa Volkswagen Golf avtomobilidir.

    Kuchli o‘ntalikdan Honda Civic, Toyota RAV4, Nissan X-Trail, Volkswagen Passat, Honda CR-V, Honda HR-V, Chevrolet Silverado avtomobillari ham o‘rin olgan.

    » » Eng ko‘p sotiladigan avtomobillar ro‘yxati e’lon qilindi