14:00 / 10.12.2018
5 132

«O‘zavtosanoat» 2018 yil birinchi yarmida qancha sof foyda olgani ma’lum qilindi

«O‘zavtosanoat» 2018 yil birinchi yarmida qancha sof foyda olgani ma’lum qilindi
Yilning birinchi yarmi yakunlari bo‘yicha «O‘zavtosanoat»ning taqsimlangan daromadi 187,6 mlrd so‘mni tashkil etdi. Bundan kompaniya moliyaviy hisoboti darak bermoqda, deb yozadi Kun.uz.

Shu muddat mobaynida kompaniya 12,4 mlrd so‘m miqdorida soliqlar va majburiy to‘lovlarni to‘ladi.

Kompaniyaning soliqlarni to‘lashdan avvalgi daromadi 54,5 mlrd so‘mni tashkil etdi. Daromad solig‘i 1,8 mlrd so‘mga teng bo‘ldi.

Yilning birinchi yarmida kompaniya sof foydasi 52,6 mlrd so‘mni tashkil qildi.

Ushbu davrda amalga oshirilgan yirik bitimlar orasida Uzbekistan Peugeot Citroen Automotive ustav fondiga o‘tkazilgan 102 mln so‘m (taxminan 10 mln dollar), «Jeneral Motors Uzbekistan» - 600,5 mlrd so‘m va «Olmazor kichik sanoat» zonasiga (555 mln so‘m) o‘tkazilgan mablag‘larni ta’kidlab o‘tish mumkin.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » «O‘zavtosanoat» 2018 yil birinchi yarmida qancha sof foyda olgani ma’lum qilindi