Matiz Rossiya bozoridagi eng arzon avtomobil deb tan olindi

  • 28 dekabr 2015, 12:55
  • 6 308
  • Avto
  • Matiz Rossiya bozoridagi eng arzon avtomobil deb tan olindi

    «Rossiyskaya gazeta» nashri 2015 yilning dekabr oyidagi eng arzon yangi avtomobillar o‘nligini tuzib chiqdi. Mazkur ro‘yxatning birinchi pog‘onasida Ravon Matiz nomi tilga olingan bo‘lib, bugungi kunda ushbu ixcham mashina Rossiyada 314 ming rubldan sotilmoqda.

    Ayni paytda mazkur avtomobilning bazaviy namunasi besh bosqichli mexanik tezlik uzatmalar qutisi bilan ishlaydigan 0,8 litr hajmli 51 ot kuchiga ega motor bilan ta’minlangan bo‘lib, unda xiralanishga qarshi salon va asferik yon oynalar, orqa eshiklar va oynalarni bolalardan bloklash tizimi, shuningdek, tumanga qarshi orqa yoritkichlar ham joy olgan, deb xabar bermoqda Carzone nashri.

    Xitoyliklarning «ifan Smily kichik xetchbeki esa ikkinchi o‘rinni egallagan. Standart jamlanmasi bilan mazkur avtomobil 319 900 rubldan taklif qilinmoqda. Tashqi tomondan britaniyaning Mini Cooper`ga o‘xshash mashina 89 ot kuchiga teng 1,3 litrli motor bilan ta’minlangan.

    Keyingi o‘rinlarda Lifan Smily New (364,9 ming rubl), Lada Granta (368,9 ming rubl), Lifan Solano (379,9 ming rubldan boshlanadi), Lada Granta (388,5 ming rubldan), Geely GC6 sedani (389 ming rubldan) Chery Bonus (389,9 ming rubl), Renault Sandero xetchbeki (399 ming rubl), Chery Very xetchbeki (399999 rubl) va Datsun on-DO (400 ming rubldan boshlanadi) qayd etilgan.

    Eslatib o‘tamiz, Ravon Matiz sitikarining yangi avlodi Rossiyada 2016 yilning mart-aprel oyidan savdoga chiqarilishi xabar qilingan.

    Ma’lumotlarga ko‘ra, 2016 yilning birinchi qismida Rossiya bozorida Ravon Matiz va Geely GC6 narxlari o‘sishi kutilmoqda. O‘z navbatida, boshqa arzon avtomobillar ham paydo bo‘lishi kutilmoqda. Xususan, fevral oyida narxi 380 ming rubl atrofida bo‘ladigan Lada Priora hamda may oyida 250 ming rubldan taklif etiladigan Bajaj Qute avtomobillari bozorga chiqishi mumkin.

    Rossiya top-10 reytingiga 379 ming rubldan boshlanadigan Ravon Nexia avtomobilining kirishi kutilmoqda.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Matiz Rossiya bozoridagi eng arzon avtomobil deb tan olindi