Adliya vazirligi mas’ul xodimi G‘.Primov hozirgi kunda pul to‘lab, oyna qoraytirayotgan fuqarolar jarimaga tortilayotgani haqidagi xabarlarga tushuntirish berdi.
"Bugungi kunda avtomashinalar oynalarini “tonirovka” qilishda bir tushunmovchilik yuzaga kelgani kuzatilmoqda. Ya’ni oynalarni necha foizga qoraytirish kerak degan savol turli talqinlarga sabab bo‘lmoqda.
Hukumat qarorida old yon oynalarining tusini yorug‘lik o‘tkazuvchanligi 50 foizdan kam bo‘lmagan darajada qoraytirishga ruxsat etilgan (to‘lov asosida). Bu degani old yon oyna kamida 50 foiz yorug‘lik o‘tkazishi shart.
Ushbu normada old yon oynalarga 50 foizlik “tonirovka” o‘rnatish uchun ruxsat berilmagan, aksincha, yorug‘lik o‘tkazuvchanligi 50 foizdan kam bo‘lmagan darajada qoraytirishga ruxsat etilgan. Ya’ni + 50% emas, = 50%.
Hozirda ishlab chiqarilayotgan avtomashinalar oynalarining (odatda “lyuks” avtomashinalar) 30 foizgacha qoraytirilgan bo‘lishini inobatga olsa, old yon oynalarni 20 foizgacha qoraytirishning o‘zi kifoya bo‘ladi. Bundan ortig‘i-ortiq, belgilangan me’yordan oshib ketadi.
Orqa yon va orqa oynalarga esa buning ahamiyati yo‘q. Sababi ushbu oynalarining tusini yorug‘lik o‘tkazuvchanligi cheklanmagan miqdorda o‘zgartirishga ruxsat etilgan.
Ma’lumki, avtomashina oynalarining pastki qismida oynaning necha foiz yorug‘lik o‘tkazuvchanlik darajada ekanligi yozilgan bo‘ladi.
Odatda “oddiy” sinfga mansub avtomashina oynalarining yorug‘lik o‘tkazuvchanligi 100 foiz, “lyuks” sinfiga mansub bo‘lgan avtomashina oynalarining yorug‘lik o‘tkazuvchanligi esa 70 foiz bo‘ladi.
Shundan kelib chiqib, avtomoshinalarning old yon oynalarini qoraytirishda oynaning o‘zida belgilangan yorug‘lik o‘tkazuvchanlik darajasini hisobga olgan holda, “tonirovka” qilish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Xulosa shuki, avtomoshinalarning old yon oynalari “tonirovka” qilinganda ushbu oynadan kamida 50 foiz yorug‘lik o‘tishi shart. Aks holda, avtomashina “jarima maydonchasi”ga yo‘l oladi, haydovchi esa katta miqdorda jarima to‘lashiga to‘g‘ri keladi". “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi