Kecha, 28 yanvarda Qozog‘istonda «O‘zavtosanoat» AJ va «Allyur kompaniyalar guruhi» AJ hamkorlikning yangi bosqichiga o‘tish haqida kelishuvga erishdi. U modellar qatori assortimentini va eksport hajmini kengaytirish, yangi eksport bozorlariga chiqish va yangi dilerlik korxonalarini ochishni ko‘zda tutadi, deyiladi kompaniya xabarida.
Bundan tashqari, Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri Asqar Mamin ishtirokida «O‘zavtosanoat» AJ va «KazakhExport» eksport sug‘urta kompaniyasi» AJ o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida kelishuv, shuningdek, Qozog‘iston Respublikasida qozog‘istonlik ishlab chiqaruvchilar ishlab chiqarish maydonlarida ishlab chiqarilgan yengil avtotransportlarning xalqaro lizingi to‘g‘risidagi shartnomalarni tuzish loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha «SariarkaAvtoProm» MCHSh bilan 50 mln. dollarga teng avtomobillar mashinokomplektlarini yetkazib berish borasida shartnoma imzolandi.
QR Bosh vaziri A.Mamin Milliy avtomobil paviloniga tashrif buyurdi, u yerda 2020 yildagi Qozog‘iston avtomobil sanoatini rivojlantirish rejalari bilan tanishdi. Ushbu tashrif davomida Bosh vazir va Qozog‘istondagi turli idoralar rahbarlariga o‘zbek avtosanoatining yangi va istiqbolli modellar qatori taqdim etildi. Yangi modellarga QR Ichki ishlar vazirligi va boshqa idoralar tomonidan katta qiziqish bildirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi