09:47 / 17.02.2017
9 115

Filipp Kirkorov o‘zining “vorisi”ni topdi

Filipp Kirkorov o‘zining “vorisi”ni topdi

Rossiya estradasining yuduzi Filipp Kirkorovning “Sen super” xalqaro bolalar tanlovida vorisi topildi. NTV telekompaniyasi va Sputnik agentligi tashkil etgan ushbu ko‘rik tanlovda Qozondan kelib ishtirok etgan Deniel Chijevskiy hammani hayratda qoldirdi, deb yozadi Qalampir.uz sayti.

Gap shundaki, u tanlovda ishtirok etish uchun Filippning qo‘shig‘ini tayyorlab kelgan edi. Grimxonadan chiqqan “kichkina Kirkorov” ijroni ham qoyil qildi. “Artist narsist ham bo‘lishi kerak. Kim ham o‘zini sevmaganni seva oladi?", izoh bildirdi mashhur qo‘shiqchi.

Bu voqeadan so‘ng, ular ikkisi sahnada turib, Kirkorovning repertuaridagi xit qo‘shiqlardan birini kuylashdi. Ushbu ko‘rsatuv lavhasi 18 fevral kuni NTV kanali orqali namoyish etiladi.

Ma’lumot uchun, tanlov ishtirokchilari 7 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan, mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari, asrab olingan bolalar va internat o‘quvchilaridan iborat. Rossiya, Abxaziya, Ozarbayjon, Armaniston, Belorussiya, Gruziya, Qirg‘iziston, Moldaviya, Ukraina, Estoniya va Janubiy Osetiyadan bor yo‘g‘i 92 ta iqtidorlar tanlab olindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Filipp Kirkorov o‘zining “vorisi”ni topdi