Obama: Rossiyaga qarshi sanksiyalar Minsk kelishuvlari bajarilgandan keyin bekor qilinishi kerak

  • 24 aprel 2016, 23:11
  • 4 816
  • Dunyo

  • AQSh prezidenti Barak Obama Rossiyaga qarshi sanksiyalar Minsk kelishuvlari bajarilganda "bekor qilinishi mumkinligi va shartligini" ma’lum qildi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda, deyiladi "Kun" nashrida.

    Obama bu haqda Gannoverda Germaniya kansleri Angela Merkel bilan birgalikda bergan matbuot-anjumanida aytib o‘tdi.

    "Rossiya barcha majburiyatlarni bajarganda undan sanksiyalar bekor qilinishi mumkin va shart", deb aytdi Obama.

    Avvalroq Rossiya tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova Rossiya Minsk kelishuvlari sub’ekti bo‘lmagani uchun uni buzmayotganligini aytgandi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Obama: Rossiyaga qarshi sanksiyalar Minsk kelishuvlari bajarilgandan keyin bekor qilinishi kerak