8 390
Musulmon qiz yuziga cho‘chqa go‘shti bilan tushirgan britaniyalikka qamoq jazosi berildi
Buyuk Britaniyada musulmon qiz yuziga cho‘chqa go‘shti bo‘lagi bilan tushirgan 36 yoshli erkak yarim yillik qamoq jazosiga tortildi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.
Ushbu qarorni Xayberi Korner magistrat sudi chiqardi.
Voqea 8 iyunda London shimolidagi ko‘chalardan birida yuz bergan. Polisiyaga berilgan shikoyat arizasida aytilishicha, britaniyalik Aleks Chivers musulmon ayol va uning qizi yoniga kelib, ularni diniy alomat bo‘yicha haqorat qila boshlagan. Ma’lum qilinishicha, erkak yuzida niqob bo‘lgan. U qiz yuziga cho‘chqa go‘shti bilan tarsaki tushirgan. Yuz berayotganlarni esa Chiversning hamtovog‘i kameraga olib turgan.
Qonunbuzar jamoat tartibini buzganlik va hujum qilganlik uchun 26 haftalik qamoq jazosiga tortildi. U shuningdek, jabrlanuvchiga 115 funt sterling miqdorida tovon puli to‘lab beradi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Gollivudning eng uyatchan yulduzlari (foto)
“Chelsi”ning eng yomon o‘yinchilari nomi aytildi
Xonanda Shohjahon Jo‘rayevga nisbatan jinoyat ishi ochilgani ma’lum bo‘ldi
YECHL 1/2 final. "Borussiya" ikkinchi o‘yinda ham g‘alaba qozonib, ilk finalchiga aylandi
“Chelsi” 2024 yilda kimlar bilan xayrlashadi?
Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda