14:19 / 20.12.2017
7 088

26 yoshli ayol tasodifan shaxtaga tushib ketdi va 36 soat davomida atrofdagilardan yordam kutdi

26 yoshli ayol tasodifan shaxtaga tushib ketdi va 36 soat davomida atrofdagilardan yordam kutdi
26 yoshli Sintiya Charti kechki sayr paytida tasodifan shaxtaga tushib ketdi va u yerda bir kunduz hamda ikki kechani o’tkazdi.

Sintiyaning turmush o’rtog’i tog’ sanoati xodimi bo’lib, juftlik odatda shaxtalar bilan to’lib-toshgan qishloqlarda istiqomat qilishadi. Shu tariqa ayol chuqurligi 6 metr keladigan tog’ shaxtasiga tushib ketgan.

“Shanba kuni juda issiq bo’ldi, havo harorati 40 darajagacha chiqdi. Biz Sintiya biror yerda adashib qolgan deb o’yladik” deydi ayolning onasi.

Oradan bir kun o’tgach politsiya xodimlari ayolni dron hamda datchiklar yordamida izlay boshlaganlar va aynan ushbu vositalar tuman shaxtalarining biridagi signalni ushlashga muvaffaq bo’lgan. Qutvaruvchilar ayolni maxsus ko’tarish qurilmalari yordamida shaxtadan chiqarib olishdi.

Xabarda aytilishicha, Sintiya zudlik bilan shifoxonaga olib borilgan va birinchi tibbiy yordam ko’rsatilgan. Oradan biroz vaqt o’tmay ayolni ko’rish uchun turmush o’rtog’i ikki farzandi bilan birga keldi. Ayni vaqtda Sintiyaning ahvoli yaxshi ekanligi aytilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 26 yoshli ayol tasodifan shaxtaga tushib ketdi va 36 soat davomida atrofdagilardan yordam kutdi