Qozog‘istonning Aktau va Qo‘riq portlari AQSH uchun ochildi. Endi mazkur davlat ulardan Rossiyani aylanib o‘tgan holda o‘z yuklarini Afg‘onistonga muqobil yo‘nalish orqali yetkazishda foydalana oladi.
Shu bo‘yicha tegishli kelishuv yaqin kunlar ichida Prezident Nursulton Nazarboyev tomonidan imzolanishi kutilayapti. Eslatib o‘tamiz, bu hujjat martda mazkur davlat Senati tomonidan tasdiqlangan edi.
AQSH taklifi bo‘yicha Afg‘onistonga maxsus yuklar tranziti Kaspiy dengizi orqali Gruziya va Ozarbayjondan o‘tib Qozog‘istonga yetib keladi. Keyin temir yo‘l transporti yordamida O‘zbekistondan Afg‘onistonga olib boriladi.
Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Qayrat Abrahmanovning aytishicha, kelishuv Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatishga harakat qilayotgan strategik sherik bo‘lgan AQSH bilan respublikaning tub manfaatlaridan kelib chiqqan holda imzolangan.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yil yanvar oyida Nursulton Nazarboyev AQSHga rasmiy tashrif bilan borib, AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan uchrashgandi. O‘shanda u AQSH bilan munosabatlar strategik sheriklikning yangi darajasiga ko‘tarilganini ta’kidlagan edi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi