Dunyoning eng boy odami: «Pul topishdan ko‘ra, ularni sarflash qiyin kechmoqda»

  • 12 may 2018, 22:01
  • 3 939
  • Dunyo
  • Dunyoning eng boy odami: «Pul topishdan ko‘ra, ularni sarflash qiyin kechmoqda»
    Foto: «Akchabar»
    Bugungi kunda dunyoning eng badavlat insoni hisoblanmish «Amazon» asoschisi va uning rahbari Jeff Bezos o‘z pullarini ko‘paytirish o‘rniga, sarflash qiyinroq kechayotganini ma’lum qildi, deb yozadi «Xabar.uz» nashri.

    Milliarder «Business Insider» nashriga bergan intervyusida bu qadar ulkan moliyaviy resursga egalik qilish oson emasligini ta’kidladi.

    «Siz shuncha pulni kechki ovqatga ishlatib yubora olmaysiz», — deydi biznesmen.

    Uning so‘zlariga qaraganda, ushbu malbag‘larni samarali sarflashning yagona yo‘li — bu «boshqa bizneslarga katta pul tikishi». Misol sifatida Bezos o‘zining xususiy «Blue Origin» aerokosmik kompaniyasini keltirib o‘tdi. Eslatib o‘tamiz, Jeff Bezos ushbu kompaniya uchun yiliga 1 milliard dollar sarflaydi.

    «Uzoq muddatli «Blue Origin» missiyasiga ega ekanligimdan juda xursandman, o‘ylaymanki, bu butun insoniyat sivilizatsiyasi uchun muhim hisoblanadi», — deydi Bezos.

    Albatta, «Amazon» rahbari o‘z pullarini shaxsiy ehtiyojlari va ko‘ngilxushliklar uchun ham sarflaydi. Yaqinda u butun oilasi bilan Norvegiyada hordiq chiqarib keldi. Yana 12 million dollarni Vashintondagi koshonasini ta’mirlashga sarfladi.

    Bundan tashqari Bezos Manxettendagi kvartirasining ijarasi uchun yiliga 40 ming dollar ishlatsa, shaxsiy samolyotini parvoz qilishiga 90 ming dollar xarj qiladi.

    Bugungi kunda Jeff Bezosning umumiy boyligi 131 milliard dollardan oshib ketgan bo‘lib, uning 125 milliardi «Amazon» aksiyalariga tegishli.

    Фикрлар

    » » Dunyoning eng boy odami: «Pul topishdan ko‘ra, ularni sarflash qiyin kechmoqda»