Turkiyaning “Gulspor” futbol klubi yoshlar tarkibidagi 18 nafar futbolchisini sotib yuborib, ulardan tushgan 15 ming lira mablag‘ga 10 ta echki sotib oldi. Bu haqda “Tribune Dergi”ning “Twitter”dagi sahifasida e’lon qilingan.
Jamoa rahbariyati echki sutini sotish orqali 5 ming lira ishlab topmoqchi. Ta’kidlanishicha, barcha tushumlar klubning muhim ehtiyojlari uchun sarflanadi.
“Gulspor” rahbari Kenan Buyuklebeb “CNN”ga bergan intervyusida jamoaning manfaatini ko‘zlab ish tutganini aytgan. “Bizning daromadimiz oshadi. Biz jamoaning foydasini ko‘zlab ish tutdik, mamlakatdagi ishlab chiqarishga ham o‘z hissamizni qo‘shdik”,-degan u.
Shuningdek, u echkilarni ko‘paytirishlarini va olti yildan so‘ng echkilar soni 140 taga yetishini aytgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Erdo‘g‘on: “Amaldagi konstitutsiya Turkiyaning demokratik tamoyillariga to‘g‘ri kelmaydi”
Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi
Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi
TikTok AQSH hukumatini sudga berdi
AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi”