11:43 / 28.09.2018
4 507

Ilon Mask: “Men firibgar emasman”

Ilon Mask: “Men firibgar emasman”
Tesla kompaniyasining bosh direktori Ilon Mask AQSHning qimmatli qogʻozlar va birjalar boʻyicha komissiyasi tomonidan unga qarshi qoʻyilgan daʼvolarga munosabat bildirdi. Bu haqda Kun.uz xabar qilmoqda.

Maskning maʼlum qilishicha, firibgarlik boʻyicha ayblovlarni asossiz deb hisoblaydi. Uning soʻzlariga koʻra, bu daʼvolardan juda xafa boʻlgan va qaygʻudadir.

“Men har doim haqiqat, oshkoralik va investorlar manfaatlarini koʻzlaganman. Halollik hayotimdagi eng muhim qadriyatdir va dalillar men buni hech qanday tarzda buzmaganimni isbotlaydi”, - dedi Mask.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Ilon Maskni sudga berishgandi.

Tadbirkor Endryu Left Tesla asoschisi Ilon Maskni sudga berdi. Leftning bildirishicha, konsern asoschisi Tesla aksiyalari narxi bilan manipulyatsiya qilib, birja firibgarliklarini amalga oshirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ilon Mask: “Men firibgar emasman”