00:10 / 11.11.2018
4 689

Tojikistonda 400 ta qozonda 10 tonna palov damlandi

Tojikistonda 400 ta qozonda 10 tonna palov damlandi
Tojikiston poytaxti Dushanbe shahridagi Abulqosim Firdavsiy nomli madaniy-istirohat bog‘ida “Oshu palov” festivali bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida 400 ta qozonda umumiy hisobda 10 tonna palov damlandi.

Festivalda mamlakatning turli mintaqalaridan 200 dan ortiq oshpazlar qatnashib, palovning 50 dan ortiq turini tayyorlashdi.

Shuningdek, festivalga kelgan xorijliklar palov tayyorlash usuli bilan ham tanishishdi.

Bosh oshpaz Sobirjon Muhammadjonov boshchiligida eng ko‘p miqdorda – bir tonnalik osh pishirildi. Palovga 250 kg guruch, 200 kg go‘sht, 350 kg sabzi, 90 litr yog‘, 30 kg piyoz, 1 kg zira, 1 kg qalampir, 1 kg barbaris va boshqa ziravorlar solindi.

Tadbir Tojikistonda e’lon qilingan “Sayyohlik va xalq hunarmandchiligini rivojlantirish yili” doirasida o‘tkazildi.

Eslatib o‘tamiz, palov 2016 yilda YuNESKOning nomoddiy meroslar ro‘yxatiga kiritilgandi. “Oshu palov” nominatsiyasi Tojikiston va O‘zbekiston tomonidan YuNESKOga tavsiya qilingan hamda har ikki davlatga alohida sertifikat topshirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tojikistonda 400 ta qozonda 10 tonna palov damlandi