Dunyoning eng jozibali va narx-navosi choʻntakbop poytaxt-shaharlari reytingi taqdim etildi. Bu haqda “Business Insider” nashri ushbu natijani ikki reyting asosida shakllantirdi.
Avvaliga Britaniyaning “Cuba Holidays” sayyohlik agentligi maʼlumotlari oʻrganildi. Mehmonxonada yashash, ovqatlanish, ekskursiyalarga chiptalar va transportda yurish narxlari solishtirib chiqildi.
Keyin eng arzon poytaxt-shaharlar orasidan eng jozibadorlari tanlab olindi. Bunda “Euromonitor International” maʼlumotlaridan foydalanildi.
Indoneziya poytaxti — Jakarta oʻziga xos bu reyting yetakchisiga aylandi — ham arzon, ham bu yerga kelganingizga pushaymon boʻlmaysiz. Ikkinchi oʻrinda — Buenos-Ayres (Argentina), uchinchi — Pnompen (Kambodja), toʻrtinchi — Qohira (Misr) va beshinchi Mexiko — (Meksika).
Yetakchi oʻnlikning ikkinchi qismidan Moskva (Rossiya), Ar-Riyod (Saudiya Arabistoni), Lima (Peru), Kuala-Lumpur (Malayziya) va Varshava (Polsha) joy oldi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?