Foto: CBS New York
56 yoshlik Devid Jonson Powerball lotereyasida 298,3 million dollar jekpot yutib olib, uchinchi Nyu-yorklik jekpot g‘olibiga aylandi. Bu haqda Daryo xabar berdi.
Iberia Foods yuk mashinasi haydovchisi Devid 26 dekabr kuni betob bo‘lishiga qaramay ishga chiqqan. Yoqilg‘i quyish shoxobchasiga kirganda, 5 dollar evaziga lotereya biletini sotib olgan. O‘sha kuni vazifasini bajargach, betobligi sabab ertasiga ishga chiqmasligi haqida ogohlantirgan va uyga ketgan.
Yana bir yuk mashina haydaydigan do‘sti ham o‘sha yoqilg‘i shoxobchasiga kirganda, u yerdan bilet olgan bir odam jekpot yutib olganini eshitgan. Bu haqida Devidga telefon qilib aytgan. Ammo Devid bu o‘zi ekanini bilmagan va telefonda gaplashib bo‘lgach, yana uyquga ketgan.
Undan keyingi kuni ishga chiqqach, yoqilg‘i olish uchun shoxobchaga kirganida, biletini tekshirib ko‘rgan. Yutuq chiqqan bilet o‘ziniki ekanini bilganida, quvonchdan sakray ketgan. O‘sha kundan beri qayta ishga chiqmagan.
«Men yuk va shunga o‘xshash og‘ir narsalar ko‘tarishim kerak. Meni noto‘g‘ri tushunmanglar. Ishimda yaxshi maosh to‘lashadi. Lekin ishning o‘zi qiyin. Shuning uchun doim bo‘shashni orzu qilganman. Mana endi bunga imkon tug‘ildi,» — deydi Devid.
Barcha soliqlarni to‘lagach, Devidda 114 million dollar qolgan. Hozirda u bu kapitalni boshqarish bo‘yicha advokat bilan ishlamoqda.
U bu pulga Bruklindan oilasi uchun yangi uy sotib olmoqchi ekanini aytgan, ammo bu uning yagona rejasi emas.
«Men doim Porsche olishni orzu qilganman. Qizilidan. Chunki ko‘chada uni haydab ketayotganimda hamma meni ko‘rishini xohlayman,» — deydi u. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi