14:20 / 30.01.2019
5 801

AQShga qutbning izg‘irin girdobi yopirilmoqda (foto)

AQShga qutbning izg‘irin girdobi yopirilmoqda (foto)
AQSh tarixidagi eng qahraton qish mavsumlaridan biri keldi. Chikagoda havo harorati -46 darajaga tushib ketgan.

Qutbning izg‘irin girdobi Qo‘shma Shtatlarning sharqiy hududlari - Dakotadan Mayngacha rekord darajadagi sovuq oqimni olib kelgan. Metereologlarga ko‘ra, sovuq va qor janubiy shtatlar Alabama va Jorjiyaga ham yetib borishi kutilmoqda.

Izg‘irin mamlakatning o‘rta g‘arb hududi – Chikago va Illinoys shimoliga qattiq ta’sir ko‘rsatgan. Ushbu hududdagi shaharlarda yuzlab maktablar yopilgan, mingdan ortiq parvozlar bekor qilindi.

Qahraton sovuq odatda Shimoliy Qutb hududlaridan o‘tadi, bu yil esa oqim janubroqqa – AQSh tomonga yo‘nalishni o‘zgartirgan.

Chikagolik rasmiylar sovuq oqibatida 360 ming o‘quvchi darslarini bekor qilgan, Jorjiyada ham darslar bekor qilinmoqda. Sovuq hatto Rochesterda (Minnesota shtati) bir kishining umriga zomin bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQShga qutbning izg‘irin girdobi yopirilmoqda (foto)