22:37 / 22.03.2019
4 296

Stallone: “Agar Konor Habibni magʻlub etmasa, bu uni butun umr taʼqib etadi”

Stallone: “Agar Konor Habibni magʻlub etmasa, bu uni butun umr taʼqib etadi”
Foto: Daily Mirror
Hollivudning mashhur kinoaktyori Silvestr Stallone Konor Makgregor hamda Habib Nurmagomedov jangi toʻgʻrisida fikr bildirdi.

“Konor judayam kekkaygani uchun yutqazib qoʻydi, deb oʻylayman. Juda ham magʻrur va hatto xafa boʻlgan. Habib oyogʻiga yopishib, zarba bergan vaqt… Sen himoyalanish kerak boʻlgan vaqt nega qoʻllaringni tushirasan? Menimcha, uning «B” rejasi boʻlmagan.

Agar Konor Habibni magʻlub etmasa, bu uni butun umr taʼqib etadi. Hozir Makgregor nima qilishini bilmay turibdi. Magʻlubiyat, hibsga olishlar, jamoatchilik — bularning barchasi uni yer bilan bitta qilish uchun bahona izlamoqda. Konor oʻziga oʻzi: “Men buni qila olaman. Magʻlubiyatga uchramayotgan raqibimni yutishim shart”, deb aytishi kerak.

Konorga qanday maslahat berishim mukin? Tabassum. Agar sen kulib yursang, odamlar seni tanqid qilolmaydi», — deydi Stallone TMZʻga bergan intervyusida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Stallone: “Agar Konor Habibni magʻlub etmasa, bu uni butun umr taʼqib etadi”