Polshada katta tezlikda kelayotgan poyezd “Tez yordam” mashinasini urib yubordi (video)

  • 06 aprel 2019, 23:38
  • 704
  • Dunyo
  • Polshada katta tezlikda kelayotgan poyezd “Tez yordam” mashinasini urib yubordi (video)
    Polshaning Pushikovo shahrida baxtsiz hodisa yuz berdi. Yuqori tezlikda kelayotgan poyezd yo‘ldan o‘tayotganda temiryo‘l ustiga turib qolgan “Tez yordam” mashinasini urib yubordi.

    Yo‘l-transport hodisasi natijasida ikki shifokor — vrach va feldsher voqea joyida vafot etgan, haydovchi esa og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazilgan. Mahalliy TVN24 telekanali xabariga ko‘ra, mashinada bemor bo‘lmagan. “Tez yordam” Pushikovodagi og‘ir bemorni Poznan shahriga yetkazish uchun ketayotgan bo‘lgan. Prokuratura hodisa yuzasidan surishtiruv boshlagani ma’lum qilingan.

    Hodisa aks etgan video YouTube portalida tarqaldi.

    Kadrlardan ko‘rinib turibdiki, yo‘l yopiqligiga qaramay “Tez yordam” haydovchisi o‘tishga uringan. O‘ta olmasligini bilib, orqaga qaytganida poyezd kelib, to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

    » » Polshada katta tezlikda kelayotgan poyezd “Tez yordam” mashinasini urib yubordi (video)